Year: 2025
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada turkiy, xususan, o‘zbek tilida kuzatiladigan singarmonizm hodisasining tarixiy taraqqiyoti, fonetik tizimdagi o‘zgarishlari va hozirgi davrdagi izlari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda singarmonizmning qadimgi turkiy til davridagi tabiiy fonetik qonun sifatidagi mavqei, zamonaviy o‘zbek tilidagi zaiflashuvi hamda funksional imkoniyatlarining torayishi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Maqolada, shuningdek, XX asr boshlarida alifbo islohoti, imlo me’yorlari va singarmonizm masalasi yuzasidan olib borilgan ilmiy bahslar, jadid ziyolilari, fonetist olimlar va Turkologiya maktabi vakillarining qarashlari qiyosiy tarzda tahlil etilgan. Shu davrdagi lotin yozuviga o‘tish jarayoni, imlo tamoyillarining shakllanishi va fonetik prinsipga tayanish masalasida bildirilgan turli yondashuvlar o‘zaro solishtiriladi. Muallif singarmonizmning O‘rta Osiyo turkiy tillaridagi fonologik o‘rni, uning yo‘qolishiga olib kelgan ijtimoiy-lingvistik omillar, shuningdek, bugungi o‘zbek tilida saqlanib qolgan ayrim izlari va dialektal ko‘rinishlarini ham ko‘rsatib o‘tadi. Maqola turkiy tillar fonetikasini o‘rganish, o‘zbek tili tarixini tadqiq etish va fonologik tizimning evolyutsiyasini tushunishga qaratilgan muhim ilmiy izlanish sifatida baholanadi.
Source: QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Institutions: Kokand State University, Kokand University
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W4416341480
