Maktabgacha Ta'lim Tashkilotlarida Sogʻlom Turmush Tarzini Shakllantirishning Pedagogik Xususiyatlari
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik va tashkiliy xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda direktor va tibbiy xodimlar oʻrtasidagi hamkorlikning bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri, shuningdek, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya tajribalari asosida amaliy tavsiyalar keltirilgan. Maqolada sogʻlom ovqatlanish, gigiyena qoidalari, jismoniy faollik, psixologik barqarorlik va ota-onalar bilan hamkorlik orqali bolalarga sogʻlom odatlarni singdirishning metodik jihatlari yoritilgan. Shuningdek, direktor va tibbiy xodimning birgalikdagi faoliyati bolalarning sogʻligʻi va gigiyenik madaniyatini shakllantirishda strategik ahamiyat kasb etishi ta'kidlangan.
Author: Mansurova, Dilafruz
Language: Uzbek
Subfield: Speech and Hearing
Field: Health Professions
Domain: Health Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7126184908
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
