Qo‘shaloq Ikat Texnikasining Murakkabligi: Geringsing (bali) Va Patola (hindiston) To‘qimachilikda Gender Masalasi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ikat bugungi kunda "harakatdagi to‘qimachilik"dir. An’anaviy to‘qimachilikda double ikat (qo‘shaloq ikat) texnikasi eng murakkab va kam uchraydigan to‘qish usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu texnika asosida yaratilgan Geringsing (Bali oroli, Tenganan Pegringsingan) va Patola (Hindiston, Gujarat) matolari jahon to‘qimachilik merosida alohida o‘rin tutadi. Mazkur maqolada Geringsing va Patola matolarining texnologik jarayoni, naqsh-kompozitsion tuzilishi hamda ularning marosimiy va ramziy ahamiyati qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tarixiy-madaniy, ikonografik va texnologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar qo‘shaloq ikat an’anasining turli hududlarda shakllanishidagi umumiylik va farqlarni aniqlash imkonini beradi hamda mazkur matolarning XXI asr dizayn amaliyotidagi ahamiyatini ochib beradi.
Source: Oriental Art and Culture
Author: Mahliyo Alisher qizi Xoliqova
Topic: Crafts, Textile, and Design
Subfield: Museology
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7128546286
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
