Akmeologik Yondashuv Asosida Tarbiyalanuvchilarda Ijodiy Tasavvurni Shakllantirish Metodikasi
Year: 2026
Type: dataset
Abstract: Ushbu maqolada akmeologik yondashuv asosida ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirish mexanizmlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida shaxsning yuqori darajadagi intellektual va ijodiy salohiyatini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, akmeologiya fanining shaxsning kasbiy va shaxsiy kamolot cho‘qqisiga erishish jarayonini o‘rganuvchi konseptual asoslari kreativ tafakkurni rivojlantirishda metodologik platforma sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda kreativ tafakkurning tarkibiy komponentlari (muammoli fikrlash, divergent tafakkur, refleksivlik, innovatsion yondashuv) hamda ularning akmeologik rivojlanish bosqichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida akmeologik tamoyillar — subyektlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, motivatsion barqarorlik, refleksiv tahlil va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat — asosida kreativ tafakkurni shakllantirish mexanizmlari tizimlashtiriladi.
Subfield: Experimental and Cognitive Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7131069367
