Turlararo Duragaylarda Qisman Amfiploid Shakllarning Genetik Asoslari Va Seleksion Ahamiyati
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur maqolada yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) va Thinopyrum (Agropyron) turkumiga mansub yovvoyi qarindosh turlar o‘rtasidagi turlararo duragaylash natijasida olingan partial (qisman) amfiploid shakllarning yaratilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Th. ponticum, Th. intermedium Th. Elongatum va Th. Junceiforme turlarining sitogenetik xususiyatlari, genom tarkibi hamda biotik va abiotik stresslarga chidamlilik genlarini introgressiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Adabiyotlar tahlili asosida partial amfiploidlarning bug‘doyning chidamli navlarini yaratishda oraliq seleksion bo‘g‘in sifatidagi ahamiyati asoslab berilgan.
Author: Otabek Gulboyev
Language: Uzbek
Subfield: Plant Science
Domain: Life Sciences
SDG: Zero hunger
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7140441689
