KARTOSHKANING ALTERNARIOZ KASALLIGIGA QARSHI KIMYOVIY VA BIOLOGIK VOSITALARNING TA’SIRI (kichik dala sharoitida)
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Hozirgi vaqtda alternarioz kasalligi tufayli kartoshka ekini hosilining o‘rtacha yo‘qotilishi yiliga 5% ni tashkil qiladi. Ba’zi yillarda kasallangan o‘simliklar miqdori 100% ga yetadi va hosildorlik 5 dan 78% gacha kamayadi (Алдиба А. Ш., Еськов И. Д., Мельников А. В., 2019.). Ushbu maqolada alternariozga qarshi, kimyoviy va biologik vositalarning kichik dala sharoitida ta’sirini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirildi. Kimyoviy preparatlardan Gidromil granula 68% s.d.g. va Ridomil Gold MS 68% s.d.g. preparatlari alternariozning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir etishi aniqlandi. Biologik preparatlardan esa Orgamika S, s. preparati bilan 2,0 l/ga hamda Serenada Aso sus.k. preparati bilan 7,0 l/ga sarf-meyorda qo‘llanilganda alternariozning rivojlanishi sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi.
DOI: 10.66073/rdk07h20
Author: Yuldashova Zebo Zuxrobovna
Institution: Tashkent State Agrarian University
Language: Uzbek
Domain: Life Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7141194727
