Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Tadqiqotlarga ko‘ra, 5-10 aprelda ekilgan o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarida mineral o‘g‘itlarni oshirilgan me’yorda qo‘llash tuproq strukturasini yaxshilagan. Mavsum oxirida tuproqning hajm massasi 1,36-1,40 g/sm³ bo‘lib, bu ko‘rsatkich 20-25 mart va 20-25 aprelda ekilgan variantlarga nisbatan 0,01-0,02 g/sm³ ga kam ekani aniqlangan.
Author: Sh.X.Xolmuminov
Language: Uzbek
Subfield: Soil Science
Domain: Life Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7141520235
