Moliya Bozori Barqarorligini Ta’minlashda Institutsional Investorlar Faoliyatida Uzoq Muddatli Majburiyatlar Auditini Takomillashtirishning Nazariy Va Metodologik Asoslari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur tezisda uzoq muddatli majburiyatlar auditini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Uzoq muddatlkreditlar, obligatsiyalar, moliyaviy lizing va boshqa qarz instrumentlarini tan olish, baholash hamda moliyaviy hisobotda ochiqlash jarayonidagi mavjud muammolar tizimli ravishda tahlil qilingan. Xususan, diskontlash amaliyoti, samarali foiz stavkasi usuli, valyuta kursi farqlarini hisoblash hamda majburiyatlarni to‘g‘ri tasniflash bilan bog‘liq xatolar audit riskining asosiy manbalari sifatida asoslab berilgan. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablari, jumladan International Accounting Standards Board tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlar asosida audit metodologiyasini modernizatsiya qilish zarurligi asoslab berilgan. Ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar auditorlik tashkilotlarida audit sifatini oshirish, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda korxonalarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Source: Nashrlar
Authors: Sh Muzrapova, M Asadova
Institution: Termez University of Economics and Service
Language: English
Subfield: Accounting
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7148645979
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
