Yevropa Ittifoqi Investitsiyalari Orqali Markaziy Osiyoda Tadbirkorlikni Qo'llab-quvvatlash Mexanizmlari Va Samaradorligi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada Yevropa Ittifoqining (YeI) Markaziy Osiyo mintaqasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va ularning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi YeI tomonidan amalga oshirilayotgan grant dasturlari, kafolat mexanizmlari, savdo preferensiyalari, institutsional qo‘llab-quvvatlash va texnik yordam kanallarining mintaqadagi kichik va o‘rta biznes (KOB) rivojiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, institutsional yondashuv hamda rasmiy statistik ma’lumotlarni o‘rganish usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, YeI investitsiya vositalari — xususan, YeI4Business, Yevropa qayta qurish va rivojlantirish banki (YeQRB) hamda Markaziy Osiyo uchun investitsiya platformasi — tadbirkorlik muhitini yaxshilashda muhim rol o‘ynamoqda. Biroq dasturlarning qamrovi, moliyaviy savodxonlik, korporativ boshqaruv talablari va ma’muriy moslik masalalari hali bartaraf etilmagan to‘siqlar sifatida qolmoqda. O‘zbekiston uchun ushbu mexanizmlardan samaraliroq foydalanish, eksport yo‘nalishidagi tadbirkorlikni rag‘batlantirish va investitsion muhitni xalqaro standartlarga moslashtirish asosiy strategik yo‘nalishlar sifatida ajratib ko‘rsatiladi.
Source: CyberLeninK (CyberLeninka)
Subfield: Economics and Econometrics
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7165239452
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
