Bulutli Hisoblashning Xizmat Modellari
Year: 2026
Type: article
Abstract: BULUTLI HISOBLASHNING XIZMAT MODELLARI Raxmatov Odiljon Raxmonberdiyevich Farg‘ona davlat universiteti v.b. dotsenti, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.20958861 Annotatsiya: Zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sharoitida katta hajmdagi ma’lumotlarni (big data) qayta ishlash hamda saqlash masalalari an’anaviy markazlashgan hisoblash tizimlarining cheklangan resurslari va past masshtablanuvchanlik muammolarini yuzaga keltirmoqda. Bunday sharoitda bulutli hisoblash modellari (IaaS, PaaS, SaaS) taqsimlangan hisoblashni xizmat sifatida taqdim etib, samarali va elastik infratuzilma yaratishning asosiy vositasiga aylandi. IaaS (Infrastructure as a Service — infratuzilma sifatida xizmat) — bu bulutli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar (Cloud Service Provider — CSP) tomonidan jismoniy hisoblash resurslari, virtual serverlar, tarmoq komponentlari va ma’lumotlarni saqlash tizimlariga alohida virtual xizmatlar ko‘rinishida internet orqali kirishni ta’minlovchi fundamental bulutli modeldir. Kalit so‘zlar: IaaS (Infrastructure as a Service), bulutli infratuzilma, virtual serverlar (Virtual Machines – VMs), saqlash (storage), tarmoq (networking), ma’lumotlar markazi (data center), hisoblash resurslari (compute resources), masshtablash (scalability), to‘lov asosida xizmat (pay-as-you-go), in-memory computing, autoscaling, elastiklik.
Institution: Ferghana State University
Language: English
Subfield: Information Systems
Field: Computer Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7166346486
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
