Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur annotatsiya o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Shukur Xolmirzayev asarlaridagi o‘ziga xos badiiy chizgilarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Yozuvchi ijodida milliy ruh, inson psixologiyasining chuqur tasviri va hayotiy realizm yetakchi o‘rin tutadi. Uning hikoya va qissalarida oddiy insonlarning ichki kechinmalari, ruhiy ziddiyatlari va jamiyat bilan munosabatlari nozik badiiy vositalar orqali ifodalanadi. Adib tabiat tasviriga ham alohida e’tibor qaratib, uni inson ruhiyati bilan uyg‘un holda tasvirlaydi. Shuningdek, muallifning til boyligi, xalqona iboralardan unumli foydalanishi uning asarlariga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi. Ushbu tadqiqotda yozuvchi ijodining badiiy xususiyatlari, uslubiy o‘ziga xosligi hamda o‘zbek nasriga qo‘shgan hissasi yoritiladi.
DOI: 10.65164/txdmqt49
Authors: Mamaraximova Nafisa, Xusanova Shohsanam
Institution: University of Tashkent for Applied Sciences
Language: Uzbek
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7167670770
