Work

Aqlli Kiberhimoya: Mobil Ekotizimlarda Oflayn Ai Modellarining Samaradorligi

Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy kiber-tahdidlarga qarshi kurashishda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini integratsiya qilishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida "Cyber Brother" mobil xavfsizlik majmuasi tanlab olingan bo‘lib, unda oflayn rejimda ishlovchi mashinali o‘rganish modellarining samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada mobil qurilmalarni zararli dasturlardan (malware) himoya qilishning yangi metodologiyasi, real vaqt rejimidagi monitoring tizimlari va fishing hujumlariga qarshi "Red Alert" protokoli tavsiflangan. Olingan natijalar AI asosidagi avtonom tizimlarning an’anaviy metodlarga qaraganda yangi turdagi (zero-day) hujumlarni aniqlashda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Subfield: Software
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7168189993
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10