Year: 2025
Type: article
Abstract: Ushbu ishda fraktal nazariyasining asosiy tamoyillari musiqa kompozitsiyasi yaratishda qanday qo‘llanilishi mumkinligi yoritilgan. Tadqiqotda o‘z-o‘ziga o‘xshashlik (self-similarity), iteratsiya asosida hosil qilinadigan tuzilmalar va fraktal geometriyaning tarmoqlanuvchi xususiyatlari orqali musiqa shaklini matematik modellashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, L-tizimlar, IFS (Takrorlanuvchi funksiya tizimlari) va Brown harakati kabi fraktal modellar asosida yaratilgan musiqaviy tuzilmalar tahlil qilinadi.
Language: Uzbek
Subfield: Music
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7168398603
