Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur maqolada autistik spektr buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda diqqat jarayoninirivojlantirishga doir psixologik-pedagogik tamoyillar chuqur tahlil qilinadi. Diqqat inson ongining asosiyfunksiyalaridan biri bo‘lib, atrof-muhitdagi hodisa va voqealarni ongli ravishda idrok qilish, axborotlarnisaralash, muhimini ajratib olish va unga nisbatan faoliyatni yo‘naltirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.ASB bo`lgan bolalarda diqqatning xususiyatlari, e’tiborning barqaror emasligi, sensor sezgirlik va ijtimoiymuloqotdagi cheklovlar tufayli o‘ziga xos bo‘ladi. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi ASBbo`lgan bolalar uchun diqqatni rivojlantirish ularning kognitiv, hissiy va ijtimoiy rivojlanishida muhimahamiyatga ega. Maqolada bolalarning yoshiga xos diqqat xususiyatlari, ASBbo`lgan bolalarda diqqatningixtiyorsiz, ixtiyoriy va post-ixtiyoriy turlari, shuningdek har bir bosqichdagi rivojlanish xususiyatlari tahlilqilinadi. Pedagoglar, ota-onalar va psixologlar uchun diqqatni rivojlantirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgansamarali metod va texnologiyalar, didaktik o‘yinlar, mashqlar, interaktiv va sensor treninglartizimlashtiriladi. Diqqatni shakllantirishda bolalarning qiziqishlari, individual yondashuv, bosqichmabosqichlik, motivatsiya va ijobiy emotsional muhit yaratish muhim omil sifatida o`rganiladi. Shuningdek,maqolada diqqat buzilishining oldini olish, uni erta aniqlash va korreksion ishlar orqali tuzatish yo‘llariham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ASB bolalarda kognitiv salohiyatni oshirish, ularni faollikkaundash va darslarda samarali ishtirokini ta’minlashda amaliy qo‘llanma sifatida muhim ahamiyatga ega.
Author: Istamova Sitora Ne'matovna
Subfield: Cognitive Neuroscience
Field: Neuroscience
Domain: Life Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204226178
