Work

Sun'iy Intellekt Va Tibbiyot

Year: 2026
Type: article
Abstract: Bugungi kunda sun'iy intellekt tibbiyotning diagnostika, davolash, profilaktika, tibbiy ta'lim, ilmiy tadqiqot va dori vositalarini ishlab chiqish kabi yo'nalishlarga jadal kirib kelmoqda. Katta hajmdagi klinik ma'lumotlarni qisqa vaqt ichida tahlil qilish, tibbiy tasvirlardagi inson ko'zi ilg'ashi qiyin bo'lgan belgilarni aniqlash, kasallik xavfini prognozlash va individual davolash strategiyalarini shakllantirish sun'iy intellekt texnalogiyalarining eng muhim imkoniyatlari hisoblanadi. Algoritmik xatolar,ma'lumotlarning sifatsizligi, bemor maxfiyligi, kiberxavfsizlik, algoritmik tarafkashlik, javobgarlik va shifokorning klinik qaror qabul qilishdagi o'rni kabi masalalar ham tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Ushbu maqolada sun'iy intellektning zamonaviy tibbiyotdagi o'rni, diagnostik samaradorligi, klinik qarorlarni qo'llab quvatlashdagi imkoniyatlari, tibbiy ta'lim va ilmiy tadqiqotlardagi istiqbollari hamda undan foydalanish bilan bog'liq etik va huquqiy muammolar tahlil qilingan. Sun'iy intellekt ko'plab tor klinik vazifalarda yuqori diagnostik ko'rsatkichlarga erisha oladi, biroq uning haqiqiy klinik qiymati faqat algoritmning aniqligi bilan emas, balki shifokor bilan hamkorlikda, real klinik sharoitda va turli bemor guruhlarida xavfsiz ishlashi bilan belgilanadi.
Language: English
Field: Medicine
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7204232086
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: