Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur ilmiy maqolada inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari, uning mohiyati,maqsadi va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Bugungi kunda har bir bolaga, shu jumladan jismoniy, aqliyyoki sensor cheklovlari bo‘lgan o‘quvchilarga ham teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish masalasi butundunyo ta’lim tizimining markaziy yo‘nalishiga aylangan. Inklyuziv ta’lim – bu faqat alohida ehtiyojlibolalarni umumiy ta’lim muhitiga kiritish emas, balki har bir o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligini tan olganholda, ularning o‘qish, rivojlanish va ijtimoiylashuviga qulay sharoit yaratish tizimidir. Maqolada inklyuzivta’limning nazariy asoslari, xalqaro tajribalar, milliy qonunchilikdagi yondashuvlar, pedagoglarning rolihamda ijtimoiy-psixologik moslashuv jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiytayyorgarligini oshirish, maxsus metodik qo‘llanmalar yaratish, o‘quv muassasalarini texnik va didaktikjihatdan moslashtirish zarurati ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot davomida inklyuziv muhitda o‘qituvchi vao‘quvchi o‘rtasida empatiya, bag‘rikenglik, ijtimoiy moslashuv va hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyatiko‘rsatib o‘tiladi. Inklyuziv ta’limni rivojlantirishning muhim sharti sifatida davlat siyosati, mahalliyboshqaruv organlari, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamiyatning birgalikdagi mas’uliyati alohida e’tirofetilgan. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni yanadatakomillashtirish bo‘yicha metodik, tashkiliy va psixologik tavsiyalar beriladi.
Authors: Ortiqov Rustamjon, Soliyeva Dildora
Institution: Ferghana State University
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204232925
