Year: 2025
Type: conference-paper
Study design: Systematic Review
Abstract: Ushbu maqola loyihaviy ta’limning tabiiy fanlarda akademik yutuqqa ta’sirini ko‘ribchiqqan meta-tahlil natijalarini umumlashtiradi. Tahlil an’anaviy o‘qitishga nisbatan yuqori ijobiy ta’sirko‘rsatishini, natijalar esa mamlakat, fan bo‘limi, ta’lim bosqichi va qo‘llash shakliga sezilarli darajadabog‘liq emasligini ko‘rsatdi; farq asosan nashr turi bo‘yicha kuzatildi. Loyihaviy ta’limning mexanizmlari– autentik ssenariylar, hamkorlik, dalilga tayangan izlanish va metakognitiv nazorat – o‘quvchilarningkontseptual tushunishi, muammo yechish va motivatsiyasini faollashtiradi. Tavsiyalar sifatidayo‘naltiruvchi savollarni aniqlash, jarayonni bosqichlab loyihalash, shaffof rubrikalar va triangulyatsionbaholashdan foydalanish taklif etiladi. Xulosa qilib, loyihaviy yondashuv tabiiy fanlarda bilimning transferiva XXI asr kompetensiyalarini integrallashgan holda rivojlantirish uchun samarali didaktik ramkahisoblanadi.
Author: Asadova Feruza Uluĝbek qizi
Institution: Kimyo International University in Tashkent
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204235090
