Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Til – xalqning milliy ongini, madaniyatini, tarixini va dunyoqarashini ifodalovchieng asosiy ijtimoiy hodisadir. Har bir davr til taraqqiyotida muayyan iz qoldiradi, chunki ijtimoiy-siyosiyhayotdagi yangilanishlar, ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi, madaniyat va san’at taraqqiyotinatijasida til tizimida ham yangidan-yangi birliklar yuzaga keladi. Bunday yangi so‘z va iboralarneologizmlar deb ataladi. O‘zbek tilida neologizmlar ko‘lami so‘nggi o‘n yilliklarda tobora kengayib bormoqda. Globallashuv jarayonlari, raqamli texnologiyalar, iqtisodiy islohotlar hamda xalqarohamkorlikning kuchayishi yangi atamalar va tushunchalarni tilimizga olib kirayotir. Shu bois neologizmlarnafaqat lingvistik hodisa, balki jamiyat taraqqiyotini ifodalovchi muhim omil sifatida ham baholanadi
Author: Qodirov Sobirjon Solijon o‘g‘li
Institution: Andijan State University
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204238035
