Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sharoitida Erlarga Ishlov Berishda Kombinasiyalashgan Agregatlarning Ahamiyati Va Ularning Ekologik Ta’siri
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida erlarga ishlov berishda kombinasiyalashgan agregatlarning agrotexnik, iqtisodiy va ekologik ahamiyati tahlil qilingan. Hududning iqlim sharoiti, tuproq tarkibi va degradasiya jarayonlari hisobga olingan holda resurs tejamkor mexanizasiya texnologiyalarini qoʻllashning dolzarbligi asoslab berilgan. Kombinasiyalashgan agregatlar erga ishlov berish operasiyalarini bir vaqtning oʻzida bajarish orqali ish unumdorligini oshiradi, yoqilgʻi sarfini kamaytiradi va tuproqning tabiiy strukturasini saqlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, kombinasiyalashgan agregatlardan foydalanish natijasida tuproq zichlanishi 15–20 %, yoqilgʻi sarfi 25–30 %, mehnat sarfi esa 20–25 % ga kamayishiga erishiladi.
DOI: 10.66073/ztk4sm62
Language: Uzbek
Subfield: Mechanical Engineering
Field: Engineering
Domain: Physical Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204240048
