Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Qumli gruntlar butun dunyoda, jumladan, Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan boʻlib,ular yoʻl qurilishida keng qoʻllaniladi. Shuning uchun ularning hisobiy ko‘rsatkichlarininormallashtiradigan bir qator me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Biroq, mavjud me’yoriy hujjatlarda,qoplamalarni loyihalashda ishlatiladigan avtomobil yo‘llarining yo‘l poyilarining qumli gruntlarininghisobiy ko‘rsatkichlari (elastiklik moduli E , ichki ishqalanish burchagi φ , bog‘liqlik kuchi C) bundaygruntlarda zichlik darajasi, hisobiy namlik hamda chang va gil zarralari tarkibiga qarab standartlashtiriladi.Ushbu muammolarni hal qilish uchun maxsus laboratoriya va dala tadqiqotlari o‘tkazildi, ularning natijalariushbu maqolada keltirilgan.
Language: Uzbek
Subfield: Civil and Structural Engineering
Field: Engineering
Domain: Physical Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204241092
