Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu tezisda nemis tilidagi refleksiv fe’llar vaularning sintaktik tuzilishi zamonaviy grammatika talablari asosidatahlil qilinadi. Refleksivlik hodisasi fe’lning valentligi, argumenttuzilishi va gap bo‘laklarining joylashuvi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, nemistilida refleksiv olmoshlar (mich, dich, sich, uns, euch, sich; shuningdekmir, dir, sich va b.) orqali ifodalanadi. Tadqiqotda refleksiv fe’llarningmajburiy va ixtiyoriy ko‘rinishlari, refleksiv olmoshning to‘ldiruvchisifatidagi maqomi, predikatning semantik-sintaktik imkoniyatlarihamda refleksiv konstruktsiyalarning so‘z tartibi va funksionalyuklanishi yoritiladi. Natijalar refleksiv fe’llar nemis tilida faqat “o‘zigaqaratilgan harakat”ni emas, balki o‘rta nisbat (middle), o‘z-o‘zidan sodirbo‘lish, subyektning ichki holati va diskurs markazlashtirish kabimurakkab ma’nolarni ham shakllantirishini ko‘rsatadi.
Author: Safina Farida
Institution: Jizzakh State Pedagogical University
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204241328
