O‘rtacha Sho‘rlangan Tuproqlarda Bahorgi Bug‘doyni Ekishning Optimal Muddatlarini Belgilash
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Maqolada Janubiy Orolbo‘yi (Qoraqalpog‘iston) hududining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlari sharoitida bahorgi yumshoq bug‘doyning “Semurg‘”, “Janub gavhari” va “Saratovskaya-29” navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddatlarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ekish muddati kechikishi bilan dala unuvchanligi 7-8% ga, hosildorlik esa 15% dan 35% gacha kamayadi. Mintaqa uchun eng maqbul ekish muddati mart oyining birinchi yarmi ekanligi aniqlangan. Eng yuqori hosildorlik ko‘rsatkichi “Saratovskaya-29” navida (41,6 s/ga) qayd etilgan.
Subfield: Agronomy and Crop Science
Domain: Life Sciences
SDG: Zero hunger
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204241539
