Work

Ko'p Vazifali Tizimlar Uchun Oqimlarni Optimallashtirish

Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu ishda ko‘p vazifali va yuklamasi vaqt davomida o‘zgaruvchi tizimlar uchunoqimlarni boshqarish va optimallashtirish muammosi G/G/c modeli asosida tadqiq etilgan. Bundaytizimlarda kiruvchi so‘rovlar oqimi tasodifiy va dinamik xususiyatga ega bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan xizmatko‘rsatish intensivligi hamda navbat uzunligi o‘zgaradi. Shuning uchun tizim samaradorligini ta’minlashuchun oqimlarni real vaqt rejimida boshqarish va optimallashtirish zarur bo‘ladi.Tadqiqotda G/G/c modeli asosida tizimdagi oqimlarning taqsimlanishi, yuklama darajasi va xizmatko‘rsatish jarayonlarining dinamik o‘zgarishi tahlil qilinadi. Model yordamida xizmat ko‘rsatuvchiresurslar sonini va ularning yuklanish koeffitsientini vaqtga bog‘liq holda moslashtirish imkoniyatiyaratiladi. Natijada tizimda navbat uzunligi kamayadi, xizmat ko‘rsatish kechikishlari minimallashtiriladiva resurslardan foydalanish samaradorligi oshiriladi.
Language: Uzbek
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204242254
FWCI:
Cites: 3
Cited by:
Related to: 10