Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur maqolada 1898-yili sodir bo‘lgan Andijon qo‘zg‘oloni tarixiy jarayon sifatida tahlil qilinib, uning mustamlakachilikka qarshi xalq harakati sifatidagi o‘rni yoritiladi. Qo‘zg‘olon yetakchisi Dukchi Eshon boshchiligidagi harakat zamirida xalqning erkinlik va adolatga bo‘lgan intilishi yotgani ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada Andijon qo‘zg‘oloni xotirasi qanday shakllantirilayotgani, ayniqsa muzeylar faoliyatida bu tarixiy hodisaning qanday aks ettirilayotgani, hududiy muzeylarning tarixiy merosni asrash, targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
Language: Uzbek
Subfield: Archeology
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204244013
