Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Biogen elementlar organizmning hayotiy faoliyatini ta’minlaydigan asosiy kimyoviyelementlar bo‘lib, ular oqsillar, fermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiga kiradi. Ularorganizmning fiziologik holatini saqlash, modda almashinuvini boshqarish hamda immun tizimini qo‘llabquvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Kalsiy, magniy, temir, rux, yod, natriy va kaliy kabi makro vamikroelementlar qon hosil bo‘lishi, nerv impulslarini o‘tkazish, suyak tizimini mustahkamlash va yurakqon tomir faoliyatini boshqarishda faol ishtirok etadi. Biogen elementlarning tanqisligi yoki ortiqchato‘planishi turli klinik holatlarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi, masalan, anemiya, osteoporoz, gipotireozyoki yurak aritmiyalari. Shuning uchun tibbiyotda ushbu elementlarning me’yorini aniqlash diagnostika vadavolashning muhim qismi hisoblanadi. Ularning biokimyoviy roli va klinik ahamiyatini chuqur o‘rganishprofilaktik tibbiyot va parhez terapiyasida katta imkoniyatlar yaratadi.
Institution: University of Business and Science
Language: Uzbek
Topic: Trace Elements in Health
Subfield: Nutrition and Dietetics
Field: Nursing
Domain: Health Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204245450
