Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur maqolada Orol dengizining qurigan tubida shakllangan tuproq-gruntlarning ekologik-meliorativ holati geoaxborot texnologiyalari asosida baholandi. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi 4,2 mln gektar maydonni qamrab olib, dala kuzatuvlari, tuproq kesmalari tahlili va laboratoriya-kameral ishlari asosida amalga oshirildi. Har 450 gektarga bitta asosiy kesma kovlanib, kimyoviy tahlillar bajarildi. Natijada 1:200 000 masshtabda tuproq-gruntlar, sho‘rlanish, zaharli tuzlarning tarqalishi, geomorfologik rayonlashuv va agrolandshaft xaritalari tuzildi. Tadqiqotlar qurigan tubda eol jarayonlar, qum ko‘chishi va sho‘rlanishning jadallashayotganini ko‘rsatdi. Iqlim isishi va sizot suvlar sathining pasayishi natijasida o‘simlik qoplami qisqarib, cho‘llanish jarayonlari kuchaygani aniqlandi. Olingan natijalar hududning ekologik holatini baholash va meliorativ tadbirlarni rejalashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
DOI: 10.66073/mqs2va51
Subfield: Soil Science
Domain: Life Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204246169
