Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu tadqiqotda XIX-asrda Qoʻqon xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari haqida maʼlumot berilgan. Bundan tashqari, mintaqaning iqtisodiy qiymati muhokama qilindi va Rossiyaning mintaqada hukmronlik qilish harakatlari ko'rib chiqildi. XIX-asrda bu ikki davlat oʻrtasidagi savdo-sotiqni va bu savdo natijasida yuzaga kelgan ijobiy va salbiy omillarni oʻrganishni maqsad qilganimiz sababli, kirish qismida ozgina boʻlsada savdoga taʼsir qilgan siyosiy oʻzgarishlar haqida cheklangan tahlillar qilish zarurligini his qildik. Qo‘qon shahri o‘zining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati tufayli ko‘plab kurashlarga sahna bo‘lgan. Qo‘qon xonligi muhim savdo yo‘llarini ham nazorat qilgan. Qo‘qon xonligi Sharqiy va G‘arbiy Osiyo o‘rtasidagi savdo yo‘llari chorrahasida, Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoyni bog‘lovchi Ipak yo‘lida joylashgani uchun nafaqat tarixiy o‘tmishi, balki geosiyosiy joylashuvi bilan ham muhim ahamiyatga ega.
Language: Uzbek
Topic: Eurasian Exchange Networks
Subfield: Anthropology
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204246709
