Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: ushbu maqolada Namangan shahrining transport tizimi holati, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shahar aholisi va avtomobil transportining keskin o‘sishi yo‘l infratuzilmasiga bosimni kuchaytirgan bo‘lib, tirbandliklar, jamoat transporti yetishmovchiligi, piyodalar va velosipedchilarga qulay sharoitlarning yo‘qligi kabi muammolar yuzaga kelgan. Statistik ma'lumotlar, hukumat qarorlari va xalqaro tajribalarga asoslangan holda, transport tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan amaliy va strategik yechimlar ko‘rib chiqilgan. Xususan, ekologik toza transport vositalarini joriy etish, "A" tasmalarini kengaytirish, infratuzilmani raqamlashtirish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikdagi loyihalar muammolarning yechimi sifatida tavsiya etilgan.
Institution: Namangan State University
Language: Uzbek
Subfield: Civil and Structural Engineering
Field: Engineering
Domain: Physical Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204249489
