Shimoliy Mintaqalarda Suvni Tejovchi Agrotexnologiyalar Asosida Qishloq Xo‘jaligini Barqaror Rivojlantirish
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Shimoliy mintaqalarda, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv tanqisligi va tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda suv tanqisligi sharoitida kunjut yetishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalari o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra tomchilatib sug‘orish qo‘llanilganda suv sarfi 30–35 % ga kamayib, hosildorlik 1,55–1,60 t/ga ga yetgani aniqlandi. Natijalar kunjutni suvni tejovchi texnologiyalar asosida yetishtirish qurg‘oqchil hududlarda barqaror hosil olishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
DOI: 10.66073/bzfgpk20
Language: Uzbek
Subfield: Soil Science
Domain: Life Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204254302
