Ko‘p Yillik Bug‘doy Navlari Va Seleksiya Tizmalarida Oqsil Miqdorini Aniqlash Va Istiqbolli Namunalarni Ajratish
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur tadqiqotda bug‘doy navlari va seleksiya tizmalari donining sifat ko‘rsatkichlari, xususan oqsil, kleykovina va namlik miqdori Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining “Qishloq xo‘jaligini saqlash, qayta ishlash va yalpi tahlillash” laboratoriyasida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, don tarkibidagi oqsil miqdori o‘rtacha 15,0–20,1 % ni tashkil etdi. Andoza sifatida olingan “Bezostaya” va “Bezostaya 1” navlariga nisbatan KR23-PW-ON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-PW- ON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27 va KR23-PW-ON-33 tizmalarda oqsil miqdori 1,4–3,3 % ga yuqori ekanligi aniqlandi. Kleykovina miqdori o‘rtacha 24,7–30,4 % bo‘lib, ayrim tizmalarda andoza navlarga nisbatan 1,0–3,0 % yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Oqsil va kleykovina miqdori o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik (r=0,90) aniqlangan. Don namligi esa 5,6–7,3 % oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha 6,4 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar bug‘doy seleksiyasida yuqori sifatli va istiqbolli genotiplarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Institution: Karshi State University
Subfield: Plant Science
Domain: Life Sciences
SDG: Zero hunger
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204258437
