Iqlim O‘zgarishi Va Suv Tanqisligi Sharoitida Shimoliy Mintaqalarda Istiqbolli Sholi Genotiplarini Tanlash Asoslari
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida shimoliy mintaqalarda sholi seleksiyasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotda Qoraqalpog'iston sharoitida kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan namunalarning xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilariga qiyosiy baho berildi. Natijalar Gulistan standart navi bilan solishtirildi. D-294(D-120)(D-30) namunasi bir o‘simlik mahsuldorligi (10,2 g), D-180, D-289, D-182 kombinatsiyasi esa ro‘vakdagi donlar soni (96 dona) va guruch shaffofligi (90 %) bo‘yicha ustunlik ko‘rsatdi. Ayrim genotiplar standart navdan yuqori hosildorlik komponentlariga ega ekanligi aniqlanib, keyingi bosqich seleksiya sinovlariga tavsiya etildi.
Topic: Genetics and Plant Breeding
Subfield: Plant Science
Domain: Life Sciences
SDG: Zero hunger
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204260996
