Chimboy Tumanida Sug‘oriladigan O‘tloqi-alluviyal Tuproqlarining Sho‘rlanish Darajasi Va Tuzlar Zaxirasini Ekologik-meliorativ Baholash
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur maqolada Chimboy tumani sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining sho‘rlanish darajasi va tipologik xususiyatlari dala hamda laboratoriya tadqiqotlari asosida tahlil qilingan. Hududdagi 460,4 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning 91,4 foizi turli darajada sho‘rlanganligi aniqlanib, sho‘rlanish darajalari kesimida kuchsiz, o‘rtacha, kuchli va juda kuchli sho‘rlangan maydonlar ulushi ilmiy asosda yoritilgan. Natijalarda, tuproqlarning quruq qoldiq, anion va kation tarkibi bo‘yicha sezilarli farqlanishlari aniqlanib, ularning asosan xlorid-sulfatli, sulfat-xloridli va sulfatli sho‘rlanish tiplari ustunligi qayd etilgan.
Language: Uzbek
Subfield: Aquatic Science
Domain: Life Sciences
SDG: Life on land
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204264995
