Work

Xalq Ertaklari- Lingvokulturologik Birliklar Tadqiqida Muhim Manba

Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarininglingvokulturologik xususiyatlari va ularning xalq hayotidagi o‘rnixususida fikr bildirilgan. Ertak matnlaridagi milliy dunyoqarashniifodalovchi lisoniy birliklar, xususan, numerologik tushunchalar,mifologik obrazlar va frazeologizmlarning xalq mentaliteti bilanbog‘liqligini tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ertak tili shunchakibadiiy vosita emas, balki milliy madaniy kodlarni tashuvchi tizimekanligi ilmiy asoslab berilgan. Xususan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodinamunalarida mujassam bo‘lgan milliy-madaniy konseptlar, ramziyobrazlar, barqaror iboralar, maqol va matallar, mifologik tasavvurlar,hamda qadriyatlar tizimi lingvokulturologik yondashuv asosidao‘rganiladi. Tadqiqotda ertak matnlari til va madaniyatning o‘zaro uzviybog‘liqligini aks ettiruvchi asosiy manba ekanligi ilmiy jihatdan asoslabberiladi. Maqolada lingvokulturologiya nazariyasining muhimtamoyillari, jumladan, konsept tahlili, semantik maydon, diskursiv vakontekstual tahlil metodlari qo‘llanadi. Ertaklardagi qahramonlarobrazi, milliy mentalitetni ifodalovchi til birliklari, urf-odat va an’analarbilan bog‘liq leksik qatlamlar lingvomadaniy mazmun nuqtai nazaridansharhlanadi. Shuningdek, ertak matnlarida xalqning tarixiy xotirasi,axloqiy-estetik qarashlari hamda ijtimoiy tajribasi til vositalari orqaliqanday ifodalanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari xalq ertaklarilingvokulturologik birliklarni aniqlash, tasniflash va izohlashda boyempirik material Manbai ekanligini ko‘rsatadi. Maqola tilshunoslik,folklorshunoslik fanlari kesishmasida olib borilayotgan izlanishlaruchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204270300
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10