1953–1990 Yillarda Farg‘ona Vodiysi Shaharlarida Ijtimoiy Va Iqtisodiy Va Madaniy O‘zgarishlar
Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: 1953–1990 yillarda Farg‘ona vodiysi Sovet Ittifoqining iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlaridan chuqur ta’sirlandi. Ushbu maqolada Farg‘ona, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda iqtisodiy rivojlanish, sanoatlashuv, qishloq xo‘jaligi modernizatsiyasi va ichki migratsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Sovet siyosatining, ayniqsa paxta ishlab chiqarishga oid siyosatning ijtimoiy va ekologik oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Farg‘ona vodiysidagi millatlararo totuvlik, ta’lim va madaniyat sohasidagi o‘zgarishlar, diniy qadriyatlar va jamiyatning shakllanishi hamda shaharlardagi ijtimoiy tengsizlik masalalari tahlil etiladi. Maqola Sovet Ittifoqi davridagi murakkab jarayonlarning Farg‘ona vodiysi shaharlariga ta’sirini yoritadi.
Institution: Namangan State University
Language: Uzbek
Topic: Soviet and Russian History
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204273789
