Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu ilmiy maqola Namangan viloyatidagi oliy o'quv yurtlarining tashkil topishi va rivojlanishini o'rganadi. Maqolada sovet davrida viloyatda oliy ta'lim muassasalarining tashkil etilishi, ular orqali mutaxassislar tayyorlash jarayoni, ta'lim tizimining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga qo'shgan hissasi, shuningdek, viloyatdagi ilmiy va madaniy hayotning shakllanishidagi o'rni ko'rib chiqiladi. Davlat siyosati va ta'lim tizimi o'zgarishlarining Namangan viloyatidagi oliy o'quv yurtlari faoliyatiga qanday ta'sir ko'rsatganligi, ta'limda ko'rsatilgan ustuvor yo'nalishlar va mutaxassisliklar muhokama qilinadi. Maqola viloyat ta'lim tizimining rivojlanishi va oliy o'quv yurtlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotdagi o'rnini tushunishga yordam beradi.
Institution: Namangan State Institute of Foreign Languages
Language: Uzbek
Subfield: Safety Research
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204276477
