Feynman Metodining Chet Tilini O‘rganishdagi Kognitiv Va Pedagogik Ahamiyati: Sun’iy Intellekt Sharoitida Yangi Yondashuv
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu maqolada Feynman metodining chet tilini o‘rganishdagi kognitiv va pedagogik ahamiyati, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi ta’lim sharoitida ushbu metodning yangi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Feynman metodining asosiy bosqichlari — soddalashtirish, tushuntirish, qayta ko‘rib chiqish, ijodiy takrorlash va xatodan o‘rganish — til o‘rganish jarayonida chuqur, mazmunli va barqaror bilim shakllanishiga xizmat qilishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanishning (masalan, topshiriqlarni to‘liq SIga tayyorlatish) o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga salbiy ta’siri yoritiladi. Sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar — SI orqali sodda izohlar olish, teskari o‘qitish, misollar yaratish, rolli suhbatlar tashkil etish va xatolarni diagnostika qilish kabi yondashuvlar — Feynman metodini yanada samarali qo‘llashga imkon berishi ta’kidlanadi.
Author: Jo`rabayev Bahodir Raximovich
Institution: Namangan State Pedagogical Institute
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204276704
