Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: 1916-yilgi Namangan qo‘zg‘oloni, o‘zbek xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashidagi muhim voqealardan biridir. Rossiya imperiyasining Turkistondagi ishchi kuchlarini majburiy tarzda mardikorlikka safarbar etish qaroriga qarshi o‘tkazilgan bu isyon, Namangan shahridagi aholi tomonidan keng miqyosda qo‘llab-quvvatlandi. Maqola ushbu qo‘zg‘olonning sabablari, rivojlanishi, isyonchilarning aksilimperialistik kurashi, shuningdek, Chor hukumatining bu voqeaga nisbatan ko‘rsatgan javob choralari va xalqning milliy ozodlikka bo‘lgan intilishlarini o‘rganadi. Namangan qo‘zg‘oloni, nafaqat Turkiston, balki butun Rossiya imperiyasida keng tarqalgan qashshoqlik va mustamlakachilikka qarshi kurashning bir qismi sifatida tarixda muhim o‘rin tutadi.
Institution: University of Business and Science
Language: Uzbek
Topic: Soviet and Russian History
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204277370
