Lalmikor Sharoitda Yumshoq Bug‘doy (triticum Aestivum L.) F2 Duragaylarining Fenologik Rivojlanish Bosqichlari
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur maqolada lalmikor sharoitda yetishtirilgan yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) F₂ duragaylarining fenologik rivojlanish bosqichlari tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqot jarayonida duragaylarning unib chiqish, boshoqlash va donning pishish fazalarining davomiyligi tahlil qilindi. Fenologik kuzatuvlar asosida duragay shakllar va andoza nav o‘rtasida rivojlanish sur’ati, vegetatsiya davri davomiyligi va erta pisharlik darajasi bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Olingan natijalar lalmikor hududlarga moslashuvchan, qurg‘oqchilikka chidamli va qisqa vegetatsiya davriga ega navlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yumshoq bug‘doy F2 duragaylari ustida o‘tkazilgan nazorat tajriba natijalaridan kelib chiqib, erta boshoqlash va erta pishish fazasiga kirgan duragay tanlab olindi.
Author: Amirov Otabek Haydar o‘g‘li
Subfield: Plant Science
Domain: Life Sciences
SDG: Zero hunger
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204279206
