Oiv Infeksiyasini Davolashdagi Eksperimental Va Klinik Izlanishlar: Genomni Tahrirlashdan to Toʻliq Remissiyagacha
Year: 2026
Type: article
Abstract: OIV (Odam immuniteti tanqisligi virusi) infeksiyasi global jamoat salomatligining eng murakkab patologiyalaridan biri boʻlib qolmoqda. Antiretrovirus terapiyasi (ART) virus replikatsiyasini bosish va bemorlar umrini uzaytirish imkonini bergan boʻlsa-da, virusli latent rezervuarlar sababli toʻliq tuzalishni ta'minlay olmaydi. Shu sababli, genomni tahrirlash va immunoterapiyaga asoslangan eksperimental va klinik sinovlar dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada OIV infeksiyasiga qarshi oʻtkazilgan eng soʻnggi eksperimental klinik sinovlar, CCR5 retseptori mutatsiyasiga asoslangan poya hujayralari transplantatsiyasi, CRISPR-Cas9 genom tahrirlash texnologiyalari va toʻliq remissiyaga erishish strategiyalarini ilmiy tahlil qilish nazarda tutilgan. Eksperimental klinik holatlar ("Berlin", "London" va "Dusseldorf" bemorlari) hamda sub-hujayraviy gen muhandisligi sinovlari OIVni toʻliq sterilizatsiyalovchi remissiya holatiga keltirish mumkinligini amalda isbotladi.
Language: English
Topic: HIV Research and Treatment
Subfield: Virology
Field: Immunology and Microbiology
Domain: Life Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7204451676
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
