Covid-19 Va Post-pandemik Tibbiyot: Molekulyar Virologiya, Vaksina Biotexnologiyalari Va Uzoq Muddatli Neyro-kardial Asoratlar
Year: 2026
Type: article
Abstract: COVID-19 pandemiyasi global jamoat salomatligiga ulkan ta'sir koʻrsatib, molekulyar virologiya va vaksina biotexnologiyalarida misli koʻrilmagan inqilobga sabab boʻldi. Virusning oʻtkir bosqichidan tashqari, uning uzoq muddatli asoratlari — Post-COVID (Long COVID) sindromi, ayniqsa neyrologik va yurak-qon tomir tizimidagi patologiyalar bugungi kunda Oʻzbekiston va jahon tibbiyoti oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Ushbu maqolada SARS-CoV-2 ning molekulyar patogenezi, vaksina biotexnologiyalari (jumladan, Oʻzbekiston olimlari va xalqaro hamkorlikda yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi), hamda Post-COVID davridagi neyro-kardial asoratlarni mahalliy va xalqaro tadqiqotlar asosida tahlil qilish nazarda tutilgan. SARS-CoV-2 patogenezida ACE2 retseptorlari va sitokin boʻroni yetakchi rol oʻynaydi. mRNK va rekombinant oqsil vaksinalari (ZF-UZ-VAC2001) immunitet shakllantirishda yuqori samaradorlik koʻrsatdi. Post-COVID asoratlarini barvaqt aniqlash va kardioprotektiv hamda neyroprotektiv terapiya oʻtkazish bemorlar hayot sifatini tiklashning asosiy omilidir.
Language: English
Subfield: Infectious Diseases
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7204456954
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
