Daltonizm Fiziologiyasi, Genetik Mexanizmlari Va Hayot Sifatini Oshirishda Zamonaviy Tibbiy-texnik Yondashuvlar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Daltonizm (rang ajratish qobiliyatining buzilishi) dunyo aholisi orasida, xususan erkaklarda keng tarqalgan genetik patologiya hisoblanadi. Ranglarni toʻgʻri idrok etolmaslik inson hayot sifatiga, kasbiy faoliyatni tanlashga va kundalik xavfsizlikka bevosita ta'sir koʻrsatadi. Soʻnggi yillarda genetik oftalmologiya va optik biotexnologiyalarning rivojlanishi daltonizmni korreksiya qilish va hatto davolashning yangi istiqbollarini ochib bermoqda. Ushbu maqolada daltonizmning toʻr parda (retina) darajasidagi fiziologik va genetik mexanizmlarini yoritish, uning tipologiyasini va zamonaviy diagnostika usullarini tahlil qilish hamda optik va gen-terapevtik yondashuvlarni ilmiy baholash nazarda tutilgan. Daltonizmning asosiy sababi X-xromosomadagi opsin genlarining mutatsiyasidir. Spektral filtrlarga ega optik linzalar hamda AAV-vektorlarga asoslangan eksperimental gen terapiyasi rang idrokini tiklashda yuqori samaradorlik koʻrsatmoqda.
Language: English
Subfield: Molecular Biology
Domain: Life Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7204486579
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
