Yashirin Iqtisodiyotni Qisqartirish Orqali Soliq Bazasini Kengaytirish Mexanizmlarini Takomillashtirish
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada yashirin iqtisodiy faoliyatni formallashtirish orqali soliq bazasini kengaytirishning nazariy-metodologik va tashkiliy-iqtisodiy asoslari tadqiq etilgan. Soliq bazasini kengaytirish fiskal yukni oshirish emas, balki soliq munosabatlariga to'liq jalb etilmagan iqtisodiy qiymatni identifikatsiyalash va barqaror soliq bazasiga transformatsiya qilish orqali ta'minlanishi asoslangan. Yashirin iqtisodiyot sub'ektlarini soliq xavfi, formallashuv to'siqlari va fiskal salohiyati bo'yicha segmentatsiyalash hamda ularga differensiatsiyalangan ma'muriy ta'sir choralarini qo'llash taklif etilgan. Formallashuv samaradorligini sub'ektning rasmiy sektorda barqaror saqlanishi, soliq majburiyatlarini muntazam bajarishi va takrorlanuvchi budjet tushumlarini shakllantirishi orqali baholash zarurligi asoslangan. Natijada yashirin iqtisodiy faoliyatni rasmiy sektorga barqaror integratsiya qilish soliq bazasini kengaytirish va budjet barqarorligini ta'minlashning muhim ichki fiskal rezervi ekanligi aniqlangan.
Author: Gadoyeva, Nilufar Erkinovna
Language: English
Subfield: Economics and Econometrics
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7208704628
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
