Soliq Ma'muriyаtchiligini Raqamlashtirish Va Uning Samaradorligini Oshirish Yo'llari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada soliq ma'muriyatchiligini raqamlashtirishning iqtisodiy-fiskal samaradorligini baholashning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiya soliq munosabatlarini elektronlashtirish emas, balki soliqqa tortiladigan operatsiyalarni identifikatsiyalash, ma'lumotlarni integratsiyalash, majburiyatlarni avtomatlashtirish, komplaens risklarini boshqarish va fiskal salohiyatni safarbar etishga asoslangan ma'lumotlar boshqaruvi modeli sifatida talqin qilingan. Tadqiqotda raqamli qamrov, ma'lumotlar sifati, avtomatlashtirish, risk samaradorligi, komplaens-servis natijalari va ma'muriy xarajatlarni birlashtiruvchi Digital Tax Administration Efficiency Index (DTAEI) taklif etilgan. Raqamlashtirish samaradorligi texnologik qamrov bilan emas, balki soliq bazasining kuzatiluvchanligi, komplaensning yaxshilanishi, xarajatlarning qisqarishi va fiskal salohiyatning real budjet tushumlariga transformatsiyalanishi bilan belgilanishi asoslangan.
Author: Gadoyeva, Nilufar Erkinovna
Language: English
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7208760992
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
