Qarindosh tub sonlarning cheksizligi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Egizak va qarindosh tub sonlar muammosi matematikada dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 2013-yilda Y. Chjan cheklangan farqli cheksiz ko‘p tub sonlar juftligi mavjudligini isbotladi. Keyinchalik bu natijalar J. Meynard va T. Tao boshchiligidagi Polymath loyihasi doirasida takomillashtirildi. Ushbu ishda ayirmasi 4 ga teng bo‘lgan tub sonlar juftligi - qarindosh tub sonlar tushunchasi kiritilib, ularning cheksizligi masalasi o‘rganiladi.
Source: NamDU Ilmiy Axborotnomasi
Language: Uzbek
Subfield: Algebra and Number Theory
Field: Mathematics
Domain: Physical Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7208769774
