Alisher Navoiy Ilmiy Merosida Farzand Tarbiyasi An'analarining Aks Etishi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada Alisher Navoiy ilmiy merosidagi oila, nikoh, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlik, tarbiya, ayolning oiladagi o'rni, nasab davomiyligi hamda o'zaro yordamga doir qarashlar XV asr Movarounnahr va Xurosonining tarixiy-ijtimoiy muhiti bilan bog'liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiylik, xolislik va tizimlilik tamoyillari, qiyosiy-tarixiy va tarixiy-genetik usullar hamda tashqi va ichki manba tanqididan foydalanildi. Navoiy asarlarining tarixiy dalillik darajasi ularning janriy xususiyatlariga ko'ra farqlanishi asoslandi. Badiiy-didaktik asarlar oilaviy munosabatlarning me'yoriy idealini, "Mahbub ul-qulub" ijtimoiy-axloqiy me'yorlarni, "Munshaot", "Vaqfiya", tazkira va tarixiy asarlar esa ijtimoiy aloqalarning amaliy va tarixiy qatlamlarini yoritishi ko'rsatildi. Navoiy merosini oila tarixida o'rganish uchun "janr – tarixiy kontekst – manba tanqidi – qiyosiy dalil" modeli taklif etildi.
Author: Urolova, Feruza Ankaboy qizi
Language: English
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7210271091
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
