Work

Alisher Navoiy Merosida Nikoh Marosimlarining Tarixiy-manbashunoslik Talqini

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu tezisda Alisher Navoiyning "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin" hamda qisman "Hayrat ul-abror" asarlaridagi nikohga oid termin va marosimiy detallar XV asr ijtimoiy tarixini o'rganishga xizmat qiluvchi bilvosita manbashunoslik materiallari sifatida tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor sovchilik va nikoh muzokarasi, xonadon vakillarining ishtiroki, "nomzad", "rasmu oyin", "aqdu kobin", "miyodi nikoh" va "jashn anjumani" kabi tushunchalarning tarixiy mazmunini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda tarixiylik, xolislik, qiyosiy-tarixiy va kontekstual tahlil hamda ichki manba tanqidi tamoyillaridan foydalanildi. Tahlillar Navoiy matnlarida nikoh ikki shaxs o'rtasidagi xususiy munosabat sifatida emas, balki xonadon, qarindoshlik guruhi, urfiy tartib va diniy-huquqiy rasmiylashtirish bilan bog'langan bosqichli ijtimoiy jarayon sifatida aks etganini ko'rsatadi.
Language: English
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7210279415
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: