Keksa Yoshdagi Insonlarda Osteoporoz Rivojlanishi Va Profilaktikasini Belgilovchi Omillar.
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur malakaviy bitiruv ishida keksa yoshdagi insonlarda osteoporoz rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar hamda kasallik profilaktikasi masalalari o'rganildi. Ish davomida osteoporozning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinik belgilari va diagnostikasi haqida ma'lumotlar keltirildi. Shuningdek, yosh o'tishi bilan organizmda yuz beradigan o'zgarishlar va ularning suyak tizimiga ta'siri yoritildi. Bitiruv ishida osteoporoz rivojlanishida noto'g'ri ovqatlanish, kamharakatlik, vitamin D va kalsiy yetishmovchiligi, zararli odatlar hamda gormonal o'zgarishlarning ahamiyati ko'rib chiqildi. Kasallikning oldini olishda sog'lom turmush tarzi, jismoniy faollik, ratsional ovqatlanish va profilaktik choralar muhim o'rin tutishi ta'kidlandi. Mazkur ish natijalari keksa yoshdagi insonlarda osteoporozning oldini olish, kasallik haqida tushunchani oshirish va sog'lom hayot tarzini shakllantirishda foydali bo'lishi mumkin.
Author: Yakubova, Farida Temurovna
Language: English
Subfield: Orthopedics and Sports Medicine
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7212006214
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
