Agroturizmni Rivojlantirishning Qishloq Hududlari Iqtisodiyotiga Ta'siri
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada agroturizmning qishloq hududlari iqtisodiyotiga ta'siri xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Agroturizmning fermer xo'jaliklari daromadlarini oshirish, qishloq aholisi bandligini ta'minlash, iqtisodiy diversifikatsiyani kuchaytirish hamda hududlarning barqaror rivojlanishiga qo'shadigan hissasi yoritilgan. Xorijiy tajribalar qiyosiy tahlil qilinib, O'zbekistonda agroturizmni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari hamda mavjud muammolari umumlashtirilgan. Tadqiqot natijalari agroturizmni qishloq iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omillaridan biri sifatida baholash imkonini beradi.
Author: Utkirova, Jasmina
Language: Uzbek
Subfield: Economics and Econometrics
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7212370324
