Work

Musiqa Va San'at Maktabi O'quvchilarida Sahna Hayajo Ni Va Uni Yengishning Psixologik Xususiyatlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada musiqa va san'at maktabi o'quvchilarining ijodiy faoliyatida namoyon bo'ladigan sahna hayajoni, uning psixologik tabiati, yuzaga kelish omillari hamda o'quvchi shaxsining emotsional holatiga ta'siri atroflicha tahlil qilinadi. Sahna oldidan kuzatiladigan xavotir, qo'rquv, o'ziga ishonchsizlik, fiziologik zo'riqish, diqqatning beqarorlashuvi kabi holatlar musiqa ijrochiligi va badiiy chiqish jarayonining muhim psixologik jihatlaridan biri sifatida qaraladi. Maqolada o'quvchining yoshi, individual-psixologik xususiyatlari, o'ziga bo'lgan ishonchi, mukammallikka intilishi (perfektsionizm), pedagog va ota-onaning munosabati hamda auditoriyaning baholovchi mavqei kabi omillarning sahna hayajoni bilan aloqasi ilmiy adabiyotlar va zamonaviy tadqiqotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, sahna hayajonini kamaytirish va uni samarali boshqarishda bosqichma-bosqich sahnaga tayyorlash, repetitsion va simulyatsion chiqishlar, nafas va psixofiziologik boshqaruv mashqlari, ijobiy kognitiv tayyorgarlik, pedagogik-psixologik qo'llab-quvvatlash hamda o'quvchining o'z-o'ziga ishonchini rivojlantirishning amaliy ahamiyati ko'rsatib beriladi.
Language: English
Subfield: Music
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7212400474
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: