Work

Dron Va Masofadan Monitoring Texnologiyalariga Oid Agrar Terminlarning Ingliz Tilidan O'zbek Tiliga Kirib Kelish Mexanizmlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada dron va masofadan monitoring texnologiyalari bilan bog‘liq zamonaviy agrar terminlarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga kirib kelish mexanizmlari leksik-semantik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida precision agriculture, drone, unmanned aerial vehicle, remote sensing, crop monitoring, multispectral imaging, hyperspectral imaging, thermal imaging, vegetation index, orthomosaic, georeferencing, payload, flight planning, variable-rate application singari xalqaro ilmiy-texnik birliklar va ularning o‘zbekcha qo‘llanish shakllari tanlandi. Tahlil natijasida o‘zlashishning besh asosiy modeli: bevosita fonetik-grafik o‘zlashtirish, kalkalash, tavsifiy-ekvivalent tarjima, qisqartmalarni saqlash hamda gibrid termin hosil qilish faol ekanligi aniqlandi. Agrar raqamlashtirish tezlashgani sari inglizcha terminlarning o‘zbek tiliga kirib kelishi faqat lug‘aviy jarayon emas, balki texnologik transfer, professional kommunikatsiya va terminologik me’yorlash bilan uzviy bog‘liq jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada variantdorlikni kamaytirish, o‘zbek tilining so‘z yasash imkoniyatlaridan oqilona foydalanish va xalqaro qisqartmalar bilan milliy ekvivalentlar o‘rtasida funksional muvozanatni ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Language: Uzbek
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7214177750
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10